Platforma Haqida
Platforma haqida ma`lumot
Ushbu tizimlarning afzalliklari:
• Avtomatlashtirish va samaradorlik: O‘quv jarayonlarini avtomatlashtirish va tizimli tarzda hisobga
olish, ma’lumotlarni tez va samarali yig‘ishga imkon beradi.
• Shaffoflik: Harbiy xizmatchilar va komandirlar tomonidan ma’lumotlarga tezda kirish va o‘quv jarayonini
kuzatish imkoniyati.
• Shaxsiylashtirish: Har bir harbiy xizmatchi uchun maxsus tayyorgarlik rejalari yaratish va individual
o‘qish usullarini qo‘llash.
• Tahlil va prognozlash: Harbiy tayyorgarlik jarayonlari haqida tahlil qilish va kelajakdagi ehtiyojlar
yoki xavflarni prognozlash imkoniyatini beradi.
e-gvardiya platformasining dolzarbligi
Yagona elektron tizimning jangovar va maxsus tayyorgarlikni hisobga olish uchun joriy etilishi dolzarb hisoblanadi, chunki zamonaviy texnologiyalar harbiy tayyorgarlik jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi. Bu tizim orqali harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik darajasini aniq va real vaqt rejimida kuzatish, o'quv jarayonlarini optimallashtirish va resurslarni samarali taqsimlash mumkin bo'ladi. Elektron tizimning joriy etilishi, shuningdek, boshqaruvning shaffofligini ta'minlaydi va harbiy tayyorgarlikning umumiy samaradorligini oshiradi.
Yechim e-gvardiya tizimini Milliy gvardiya bo‘linmalarida joriy etish
Axborot tizimi bo‘linmalardagi darslar taqsimoti, reja-konspektlar, jangovar va maxsus tayyorgarlik hisobini yuritish jurnali elektron tarzda yaratilishi, harbiy xizmatchilarning mashg‘ulotlarga qatnashganlik davomati, harbiy xizmatchilarning baholari, sutkalik naryadga va jamoat tartibini saqlashga jalb etilganligi hisobini yuritishda qulayliklarni yaratadi.
Qanday natijaga erishamiz?
Harbiy tayyorgarlik jarayonining raqamlashtirilishi: Mashg‘ulotlar,
reja-konspektlar, dars taqsimoti elektron shaklda boshqarilib,
harbiy xizmatchilarning davomati, baholari, mashg‘ulotlarda qatnashish holati,
sutkalik naryadlarni elektron tizimda kuzatish imkoniyati yaratiladi.
Shaffoflik va monitoring tizimi: Harbiy xizmatchilarning xizmat yuklamalari elektron
tarzda boshqarilib, kimning qaysi xizmatga jalb etilgani kuzatib boriladi, bu esa
xizmatni shaffof boshqarishga yordam beradi.
Qog‘ozbozlikning oldini olish: Jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha qog‘ozli
hujjatlarni kamaytirish, mashg‘ulot rahbarlarining asosiy vaqtlarini bilim berishga
yo‘naltirish imkonini beradi.
Bilim va ko‘nikmalarni baholash: Harbiy xizmatchilarning bilimlari va
ko‘nikmalari real vaqtda baholanib, mashg‘ulotlarda qatnashish darajasi tahlil qilinadi.
Chet el tajribasi
Rossiya: Rossiyada “Jangovar tayyorgarlik elektron jurnali” tizimi ishlab c
hiqilgan va qo‘llanilmoqda. Bu tizim mashg‘ulotlar va natijalar haqida
ma’lumotlarni saqlash, o‘quv jarayonlarini samarali nazorat qilish va bo‘yicha
tahlil qilish imkonini beradi.
AQSh: AQShda “Army Training and Certification System (ATCS)” tizimi ishlatiladi,
bu tizim harbiy xizmatchilarni malaka oshirish va o‘quv natijalarini kuzatib borish
imkonini beradi.
Buyuk Britaniya: “Defence Learning Environment” (DLE) tizimi orqali Buyuk Britaniya
armiyasida harbiy xizmatchilarning tayyorgarligini boshqarish va o‘quv jarayonlarini
monitoring qilish amalga oshiriladi.